O鈥榸bekiston Respublikasi,
Toshkent sh., Amir Timur shoh ko鈥榗hasi

(+998-71) 236-74-36, 236-73-47

Yangiliklar

Yangiliklar arxivi

27-03-2015

PRESS-RELIZ

Shu yilning 25 – 27 mart kunlari O’zbekiston Davlat san’at muzeyida Britaniya Kengashi O’zbekiston Respublikasi madaniyat va sport Vazirligi, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi va O’zbekiston Davlat san’at muzeyi bilan hamkorlikda britaniyalik rassom Genri Mur litografiyalarini ko’rgazmasi doirasida “Buyuk Britaniya zamonaviy grafikasi” mavzusida ma’ruza va mahorat darslarini o’tkazadi. San’at sohasidagi yetakchi mutaxassis va qobiliyatli zamonaviy rassom Sara Gillett o’zining xalqaro tajribasi va badiiy grafika yaratishning eng oxirgi usullari bilan O’zbekistonning qobiliyatli yoshlari bilan o’rtoqlashadilar.

Ma’ruza doirasida Sara Gillett O’zbekistonning yosh rassomlariga – K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining talaba va o’qituvchilariga, Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti, Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti, Respublika rassomchilik kolleji, Respublika dizayn kolleji talabalariga va boshqa barcha xohlovchilarga Buyuk Britaniya zamonaviy badiiy grafikasining eng kreativ metodlari haqida oddiy qog’oz va qalamdan foydalanishdan boshlab toki 3D formatdagi raqamli sur’atlar va rasmlar haqida so’zlab beradi.

Mahorat darslari vaqtida Genri Mur litografiyalaridan ilhomlangan ishtirokchilar uning ishlariga o’z qarashlaridan kelib chiqqan holda ustaning namunalarini yaratishlari mumkin. Genri Mur rassomchilik mahoratining eng zaruriy tarkibiy qismlarga katta qiziqish bildirgan va 1931 yilda o’zining ilk grafik ishlarini yaratgan. O’zining rassomlikda erishgan yutuqlari davomida Mur haykaltaroshlik namunalari bilan birga 700 dan ziyod litografiyalar yaratdi. XX asrning 40-yillari oxiriga kelib u litografiyalardan nafaqat yangi rasmlar yaratish uchun foydalangan balki, litografiya va ofortalarni bosib chiqarishning innovatsion usullarini shuningdek, rasmni o’zida mujassamlaydigan, ko’p qatlamli san’at asarini yaratish uchun shaffof plenka va plastikdan foydalangan. Shuning uchun mahorat darslari vaqtida ishtirokchilar Genri Murning eng sevimli mash’uloti bo’lgan, rassom bilan shakllar va peyzajlar orasidagi munosabatni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar shuningdek, zamonaviy grafika rassomchiligida yosh rassomlar yangi g’oyalarni kashf qilish imkoniyatlariga ega bo’ladi.

Seminar yakunida, davlatimiz yosh rassomlarining ushbu dastur davomida yaratgan ishlari ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Sara Gillett Buyuk Britaniyaning eng ko’zga ko’ringan yosh rassomlaridan biri sanaladi, u san’at bilan bog’liq bo’lgan turli tarixlarni o’rganib izlanmoqda, noyob qazilma va antikvariatlarni to’plash bilan ham shug’ullanadi. Ayni vaqtda Sara Londondagi Qirollik san’at kollejining magistranti bo’lish bilan birga, Morli kollejida grafika bo’yicha dars beradi.

Sara Gillett san’atining asosida insonlar o’rtasidagi o’zaro aloqa, uning xotiralari va uni o’rab turgan dunyo bilan o’zaro ijodiyot yotadi. Uning uchun mahorat ko’rsatkichlari o’zgarishini va insoniyatning qo’li va cheksiz ongining hamohanglikda ishlashini kuzatish mumkin bo’lagan ijod jarayonining o’zi qiziqarli. Buning uchun u hamma narsa: tasvir, grafika, gobelen, so’z, ohang, raqamli rasmlar va boshqa har qanday, ba’zida zaif va bizni o’rab turgan obyektlar bilan uyg’un bo’lgan inson tabiatini o’rganish uchun, antropologik belgilarni o`zida ifodalaydigan obyektdan foydalanadi.

Sara Gillett Buyuk Britaniyaning san’at sohasidagi 14 yildan ortiqroq bo’lgan kasbiy tajribaga ega. U Britaniya Kengashi va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar uchun turli seminar va mahorat darslarini olib boradi. San’at dasturlari doirasida Gruziya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Chernogoriya, Albaniya va Qozog`istondagi grafika va tasvirlardagi zamonaviy yangi yo`nalishlarni o`rganish bo`yicha mahorat darslarini muvaffaqiyatli olib bordi, u muzeylar, galereyalar, mashhur uylar bilan ishlaydigan, san`at va onlayn auditoriya o`rtasidagi o`zaro aloqani ta`minlaydigan Cultureshock Media onlayn nashriyotining raqamli marketing bo`limi boshlig`i bo`lib ishlaydi.

Eslatib o’tamiz, «Genri Mur: Grafika ustasi» ko’rgazmasi O’zbekiston Davlat san’at muzeyida shu yilning 19-Fevralidan 30-Maygacha davom etadi. Britaniya Kengashining jamlanmasidan biri bo’lgan bu ko’rgazma asarlari nafaqat eng katta muzey va kolleksiyalarni balki, butun dunyo shaharlari va landshaftlarini bezaydigan, ishlari zamonaviylikni ramziy ifodalaydigan, universallik va tabiatga yaqinlikni o’zida aks ettirgan, o’tgan asrda yashab ijod qilgan britaniyalik buyuk ijodkor Genri Murnning ijodi bilan yaqindan tanishtiradi.