16-03-2020

Muzeyda ilk marotaba soatsozlik sanʼatiga bagʼishlangan koʼrgazma tashkil qilindi. Bizga nomaʼlum boʼlgan inson sivilizatsiyasi taraqqiyoti davrida odam vaqtni “kun”-“tun” deb hisoblagan boʼlsa, keyinchalik bundan qoniqmadi va vaqtni soatlar bilan, yaʼni quyosh soatlari orqali soyaning uzunligi yoki yoʼnalishiga qarab aniqlashga oʼtdi. Qadimda vaqtni quyosh, suv va qum soatlar bilan aniqlashgan.